Jahon | 20:13 / 02.07.2022
14401
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kuchli tornado sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolarda kuchli quyun uylarning tomlarini uchirayotgani, elektr simlarini uzayotgani, ayrim inshootlarni vayron qilayotganini ko‘rish mumkin.

Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Chaochjou shahrida kuchli tornado sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tabiiy ofat tasvirlangan videolar joylashtirildi.

Kadrlarda kuchli quyun uylarning tomlarini uchirayotgani, elektr simlarini uzayotgani, ayrim inshootlarni vayron qilayotganini ko‘rish mumkin.

Hongkong yaqinida muhandislik kemasi halokatga uchragani xabar qilindi.

Qutqaruv operatsiyasi davomida ekipajning uch nafar a’zosi topildi. Yana 27 kishining taqdiri noma’lum qolmoqda.

Mavzuga oid