Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saken Polatov Boks federatsiyasining yangi maslahatchisini tanishtirdi

Foto: Boks federatsiyasi
Kubadagi zamonaviy boks maktabining asoschisi Karlos Vilyanuyeva bu sohada yarim asrlik tajribaga ega. Uning shogirdlari orasida ko‘plab jahon chempionlari va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari bor hamda Kuba terma jamoasi bosh murabbiyi Rolando Asebal uni o‘zining ustozi deb ataydi.
Yangi maslahatchi oldida mahalliy boks tizimini o‘rganib chiqib, ilmiy tahlillar asosida sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yagona uslubiy qo‘llanma yaratish kabi juda katta vazifa turibdi. Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov tashabbusi bilan tashkil etilgan yig‘ilishda mazkur loyiha O‘zDJTSU professor-o‘qituvchilari va dotsentlari bilan muhokama qilindi.
Voqeani sharhlar ekan, Saken Po‘latov shunday dedi: “Bir oy oldin davlatimiz rahbari sportni ommalashtirish va sport ta’limini takomillashtirishga bag‘ishlangan katta yig‘ilish o‘tkazdi. Sport rahbariyati oldiga qo‘yilgan maqsadlar nihoyatda aniq: tug‘ma qobiliyat sohiblarni tarbiyalashdan tizimli ravishda chempionlarni tayyorlashga o‘tish. So‘nggi paytlarda hududlarga qilgan tashriflarimiz shuni ko‘rsatdiki, aksariyat muassasalarda bunday tizim qurilmagan, shuning uchun markazlashgan ko‘maksiz buning uddasidan chiqib bo‘lmaydi. Va biz, albatta, nafaqat yordam beramiz, balki o‘zimiz ham ushbu loyihada 100% ishtirok etamiz, chunki natijalar bizga uzoq kelajakda emas, balki o‘rta muddatli istiqbolda kerak”.
Shuningdek, O‘zbekistonda bokschilarni tayyorlashning Milliy standarti ishlab chiqilishi, uni Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etish rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu yangi yulduz nomlarini kashf qiluvchi samarali tanlov uchun qo‘shimcha rag‘bat beradi.
Ⓣ
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:47 / 16.04.2022
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

11:55 / 02.02.2019
O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi

17:20 / 01.02.2019