O‘zbekiston boksi boshqa qo‘llarga o‘tadi. Rahbariyatda kutilmagan o‘zgarish kutilmoqda

O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, amalda federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan Sherzod Toshmatov iste'foga chiqariladi.
Kun.uz’ning Milliy olimpiya qo‘mitasidagi manbasi ma'lumot berishicha, 2 fevral kuni qo‘mitada yig‘ilish bo‘lib o‘tadi va Sherzod Toshmatov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga yangi vitse-prezident tayinlanadi.
Manbaning aytishicha, bu lavozimni endi yirik tadbirkor Saken Jyetibayevich Polatov egallaydi.

Foto: Kun.uz
Ma'lumot uchun, Saken Polatov 1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Oilali, 4 nafar farzandi bor. U uzoq yillardan buyon Toshkentning «Lokomotiv» klubi tizimida faoliyat ko‘rsatib keladi.
Qayd etish kerakki, Boks federatsiyasi prezidenti rasman bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hisoblansa-da, federatsiyani amalda birinchi vitse-prezident boshqaradi.

Foto: Boks federatsiyasi
Amaldagi vitse-prezident Sherzod Toshmatov boshqaruvi davrida (u 2014 yil noyabridan buyon boks federatsiyasida rahbarlik lavozimlarida ishlab keladi) o‘zbekistonlik bokschilar xalqaro maydonlarda yuqori natijalar qayd etishdi va O‘zbekiston bu sportda gegemon terma jamoalardan biriga aylandi. 2016 yilning yozida Rio-de-Janeyro Olimpiadasida jami 7ta medal bilan birinchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar terma jamoasi, 2017 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 10ta medal, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida 7ta medal olib, tengsiz bo‘lishdi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish hajmini yana oshiradi
Jahon | 09:05
-
Isroil HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish taklifini o‘zgartirishga urinishda aybladi
Jahon | 08:45
-
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston | 08:09
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
Mavzuga oid

10:00 / 22.06.2022
Saken Polatov Boks federatsiyasining yangi maslahatchisini tanishtirdi

21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi

17:47 / 16.04.2022
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

19:11 / 16.11.2020