Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat yana 2 ta davlat xizmati bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqladi
Hukumat qarori bilan yana 2 ta davlat xizmati bo‘yicha ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Foto: Davlat xizmatlari markazi
Ulardan birinchisi - bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish bo‘yicha.
Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP (https://my.gov.uz/uz)) orqali elektron murojaat qiladi.
Ariza beruvchilar oliy ma’lumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega bo‘lishi kerak.
So‘rovnoma to‘ldirilib, 7 ish kunida o‘rganib chiqiladi. Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Ekspert akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.
Ikkinchisi - davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha.
Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi buning uchun DXMga bevosita yoki YaIDXP orqali elektron murojaat qiladi.
So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda vakolatli organ (prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) 15 ish kunida ariza beruvchini attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘yilmasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Vakolatli organ attestatsiya guruhi shakllanishiga qarab talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazadi (5–10 ta savoldan iborat og‘zaki suhbat).
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor 6 oy davomida keyingi attestatsiyalarga qo‘yilmaydi. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari har 3 yilda attestatsiyadan o‘tadi.
Mazkur davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

22:45 / 11.06.2025
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

19:22 / 20.05.2025
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi

18:33 / 12.05.2025
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi

12:24 / 24.03.2025