Bahrom Haydarov hibsga olingan kuni 24ta, ertasiga 2ta qaror va farmoyish chiqargan
6 iyun kuni ushlanib, 7 iyunda sud ajrimi bilan qamoqqa olingan Andijon shahar hokimi shu ikki kun davomida kamida 26ta hujjatga qo‘l qo‘ydi, ulardan 19tasi – yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarish haqida.

Foto: Andijon shahri hokimligi matbuot xizmati
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov jinoiy sheriklari bilan budjetning 48 mlrd so‘mini talon-toroj qilishda gumonlanib, 6 iyun kuni qo‘lga olingan edi. 7 iyun kuni sud uni qamoqqa olishga sanksiya berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hokim qamoqqa olingan 6 iyun, dushanba kuni E-qaror elektron platformasida Bahrom Haydarovning elektron imzosi orqali tasdiqlangan 24ta hujjat joylangan.
Bu qaror va farmoyishlarning 17 tasi yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarish haqida. Qolgan hujjatlar mehnat ta’tili, yer kovlash va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.
E’tiborlisi, hokim hibsda va qamoqda o‘tkazgan 7 iyun kuni yana ikkita qarorga qo‘l qo‘ygan. Har ikkisi ham yuqoridagi kabi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini onlayn auksionga joylashtirishga oid.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kungi prezident selektorida yer uchastkalarini onlayn auksionga chiqarishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Bahrom Haydarov avvalroq hokim sifatida yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 milliard so‘mdan ortiq zarar keltirgani aytilgan, prokuratura shu vaj bilan uni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilish bo‘yicha viloyat kengashiga taqdimnoma kiritgan, may oyi oxirida bu so‘rov qanoatlantirilgan edi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi
Jahon | 19:40
-
Britaniyada Uilyam Tyornerning 150 yil oldin yo‘qolgan kartinasi topildi
Jahon | 19:30
-
Devid Bekhemga ritsarlik unvoni beriladi
Jahon | 19:02
-
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

12:55 / 21.04.2025
Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

18:09 / 13.09.2024
Andijonda o‘quvchilarni jazo sifatida o‘tirib-turg‘azgan xodimga chora ko‘rildi

14:38 / 12.09.2024
Andijonda darsga kech kelgan qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘azildi. Bu mumkin emas

12:19 / 10.09.2024