Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Organ xodimlarining tasvirini g‘arazli niyatda internetga joylaganlarni qamash masalasi parlamentda ko‘riladi
“Bu loyiha bo‘yicha hukumatdan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘raganmiz. Albatta, bu qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi va muhokamaga sabab bo‘ladi”, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov palataning bugungi yalpi majlisida.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun, 31 may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmadi.
Tanqidlardan so‘ng qayta jonli efirga uzatila boshlangan yalpi majlis avvalida spiker Nurdinjon Ismoilov bu masala keyinroq yalpi majlisda albatta ko‘rilishini aytdi.
“Hozir qonun loyihasi Qonunchilik palatasi qoldig‘ida turibdi. Qo‘mita bu qonunni birinchi o‘qishga kiritish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Hali muddatimiz bor, albatta bu qonun loyihasi birinchi o‘qishga kiradi va muhokamaga sabab bo‘ladi. Hozircha shoshilmaymiz va qonunchilik tashabbusi sub’yektidan (Vazirlar Mahkamasi orqali IIV – tahr.) qo‘shimcha ma’lumotlar so‘raganmiz. Fraksiyalarda bu masala ko‘rilganda deputatlarimiz bu masalani ko‘targan…
Qo‘shimcha ma’lumotlar olib kelinganidan keyin albatta bu qonunni ko‘rishimiz kerak. Bu juda dolzarb qonun, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchiligimizda juda ko‘p bo‘shliqlar bor. Kerak bo‘lsa, ziddiyatlar ham bor, uniyam tan olishimiz kerak. Ko‘p muammolarni huquqiy jihatdan hal qilish zarurati mavjud.
Ayrim turdagi huquqbuzarliklar uchun jazolarni albatta kuchaytirishimizga to‘g‘ri keladi, ayrimlari bo‘yicha liberallashtirishga to‘g‘ri keladi. Yana og‘ir oqibatli YTHlarning oldini olish samaradorligiga qaratilgan bir qancha normalar ko‘zda tutilgan: mutasaddi idoralarga vakolatlar, vazifalar va mas’uliyatlar yuklatilyapti.
Albatta, bu qonunni birinchi o‘qishda kiritishimiz uchun muddatimiz bor. Qo‘mitadan iltimos qilamiz, deputatlarni fikri va joylardagi fikrlarni inobatga olib, buni albatta yaqin kunlardagi yig‘ilishimizga kiritilishi kerak bo‘ladi”, – deya Nurdinjon Ismoilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lumot uchun, qonun loyihasidagi bandlardan birida, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat vazifalarini bajarayotgan chog‘da olingan foto va videotasvirlarini ularni obro‘sizlantirish yoki haqorat qilish maqsadida internetga joylashtirish 50 BHM jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Yalpi majlis boshlanishidan oldin Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining Telegram'dagi rasmiy kanalida bu qonun loyihasi kun tartibiga kiritilmagani haqida post chiqardi va tez orada uni o‘chirib tashladi.
“Ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan yalpi majlis kun tartibidan chiqarildi, degan ma’lumot tarqaldi. Vaholanki, mazkur qonun loyihasi palata kun tartibiga kiritilmagan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, fraksiyalar palata kun tartibidagi masalani chiqarish vakolatiga ega emas”, – deb yozilgan edi o‘chirilgan xabarda.
Kun.uz bilan gaplashgan Qonunchilik palatasi matbuot xizmati qonun loyihasi kun tartibiga kiritilmaganini tasdiqladi, lekin nima uchun yuqoridagi post o‘chirib tashlangani yuzasidan izoh bermadi.
Avvalroq, Kun.uz ushbu qonun loyihasi parlament fraksiyalarida muhokama qilingani haqida xabar bergandi.
Muhokamalar davomida O‘zLiDeP, “Adolat” va Xalq demokratik partiyalari o‘z fraksiya yig‘ilishlarida loyihaga qarshi chiqqan. Ular buni ochiqlik tamoyillariga zid deb hisoblagan.
Kun.uz'dagi ma’lumotga ko‘ra, “Milliy tiklanish” fraksiyasida qonun loyihasi konseptual jihatdan ma’qullangan va yalpi majlisga kiritishga qaror qilingan. Faqatgina Ekologik partiya yig‘ilishida bu masalada yakdillikka erishilmagan: partiyaning ayrim a’zolari loyihani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, ayrimlari qarshilik bildirgan.
Mart oyida Ichki ishlar vazirligi shu bandni yo‘l-patrul xizmati xodimlariga nisbatan tatbiq etishga uringan, bu borada ishlab chiqilgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilikning jiddiy e’tiroziga uchragandi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda
O‘zbekiston | 12:28
-
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26
-
Rossiyaga yon berish yo‘q – YeI sanksiyalarning navbatdagi paketi ustida ishlaydi
Jahon | 12:18
-
Dunyodagi eng yirik Norvegiya suveren fondi Isroil aktivlarini sotishni boshladi
Jahon | 12:11
Mavzuga oid

20:24 / 08.08.2025
Dehqonobod kaliy zavodi yopiq tarzda xususiylashtirildi

16:03 / 16.07.2025
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi

19:24 / 05.07.2025
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi

17:42 / 01.07.2025