Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkent tumaniga sel keldi, Yuqori Chirchiqda xonadonlarga suv kirdi
Yuqori Chirchiqda sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 25 ta xonadonga suv kirdi.

Toshkent viloyati Parkent tumanida sel kelishi hodisasi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 14 may kuni soat, taxminan, 17:50 da Toshkent viloyati Parkent tumani Changi qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimi hosil bo‘lgan.
Soylarda sel suvlarini to‘lib oqishi, ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog‘ jinslarining tiqilib qolishi oqibatida ichki ko‘chalarga va aholi tomorqalariga sel suvlarining toshishi holatlari kuzatildi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruv bo‘linmalari, tuman yig‘ma mexanizatsiyalashtirilgan otryadi texnikalari, hamda FVDQTning tegishli xizmatlari kuch va vositalari tomonidan holat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Aholi xonadonlari, ichki ko‘chalarda to‘planayotgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida ham kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganini xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 14 may kuni soat 18:20 larda Toshkent viloyati hududi bo‘ylab qisqa muddatda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida viloyatning Yuqori Chirchiq tumani «Navbahor» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Yayilmasoy o‘zanida yomg‘ir suvlari toshishi sodir bo‘lgan. Buning oqibatida Obod turmush ko‘chasida joylashgan, taxminan, 25 ta aholi xonadoni, tomorqa yer maydonlariga suv kirishi kuzatilgan.
Sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limi, Yuqori Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb etilib, aholi xonadonlarida suv tortish ishlari olib borildi. Hozirda toshqin suvlari talafotlari bartaraf etilgan.

Yuzaga kelgan hodisa oqibatida «Navbahor» mahallasi Obod turmush ko‘chasi hududidagi poydevorga ega bo‘lmagan xom g‘ishtdan qurilgan xonadon binosiga zarar yetgan.
Mazkur holat oqibatida fuqarolarning tan jarohati olishi va uy hayvonlari nobud bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

18:58 / 29.07.2025
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

14:24 / 05.07.2025
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi

12:36 / 20.06.2025