Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlangani ma’lum qilindi
Jozep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralar qaytadan boshlangan.

Foto: AP
Ikki oylik tanaffusdan so‘ng Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar qaytadan boshlandi. Bu haqda Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralar qaytadan boshlangan.
Joriy hafta boshida Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbari o‘rinbosari Enrike Mora Tehronga safar qilgandi. U Venadagi muzokaralarda YeI nomidan qatnashadi.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda AQSh sanksiyalar natijasida eronliklarga yetkazilgan zararni qoplab bersa, Eron yadroviy kelishuvni imzolashga tayyorligini aytgandi.
2015 yilda Eron va BMT xavfsizlik kengashi a’zolari (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya) hamda Germaniya o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolangandi.
AQSh 2018 yilda kelishuvdan bir tomonlama tartibda chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

11:35 / 05.05.2025
Eron yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

04:48 / 05.05.2025
Eronda qum bo‘ronlari sabab 800 dan ortiq odam shifoxonalarga murojaat qildi

21:04 / 02.05.2025
Qorabog‘ haqida kutilmagan bayonot. Eron o‘z o‘qidan chiqib ketdimi?

10:07 / 02.05.2025