Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Shanhaydagi karantin sababli Yaponiyadagi sakkizta zavodida ishni to‘xtatadi
Toyota Motor Corp. Xitoyning Shanhay shahridagi lokdaun oqibatida ehtiyot qismlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgani tufayli may oyida Yaponiyadagi sakkizta zavodda 14 ta liniyani olti kungacha to‘xtatib qo‘yadi, deb yozadi Yonhap yapon avtokonserniga tayanib.

Foto: Shutterstock
Toyota may oyi uchun ishlab chiqarish rejasini 750 000 ta avtomobildan 700 000 tagacha qisqartirdi.
Zavodlarda ish 16 maydan 21 mayga qadar to‘xtatiladi, deya aniqlik kiritgan avtokonsern.
Mart oyida Toyota kuchli zilzila tufayli barcha zavodlarida ishni to‘xtatib qo‘ygan edi, o‘shanda yer silkinishi ehtiyot qismlari taqchilligiga olib keldi.
Avvalroq Toyota mart oyidagi ishlab chiqarish rejalarini 50 000 ta avtomobilga, keyin esa aprel oyi uchun 150 000 ta avtomobilga qisqartirdi, shuningdek, ishlab chiqarishning may va iyun oylaridagi maqsadli ko‘rsatkichlarga nisbatan kamayishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.
Xitoyda COVID-19 uchun «nol bardoshlik» siyosati mavjud. Bu virus tarqalishini lokdaunlar va kasallikni yuqtirib olgan fuqarolar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin orqali cheklashni anglatadi.
Xususan, Shanhayda millionlab aholi bir oydan ko‘proq vaqt davomida izolyatsiya rejimida bo‘lib turibdi. Shanhaydan tashqari, Xitoyning boshqa o‘nlab shaharlari to‘liq yoki qisman lokdaunda. Bunday siyosat mahalliy va xalqaro miqyosda iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi.
Cheklovlar ba’zi korxonalarning, shu jumladan Semiconductor Manufacturing International Corp. (SMIC) va Hua Hong Semiconductor yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchilarining to‘liq yoki qisman yopilishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 15:55
-
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi
Jahon | 15:49
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
Mavzuga oid

08:45
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

07:28 / 05.07.2025
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi

16:56 / 02.07.2025
Dunyodagi eng mashhur avtomobil brendi nomi ma’lum bo‘ldi

09:12 / 23.03.2025