Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Do‘konda savdo qilib, issiqxonadan ham daromad olyapman» - yozyovonlik yosh tadbirkor yigit
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Xonobod qishlog‘i Limonchilar ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Abdulla Homidov do‘konlardan birida sotuvchilik qiladi. U oila uchun qo‘shimcha daromad bo‘lsin deb tomorqasida issiqxona tashkil qilgan. Sotuvchilikdan tashqari issiqxonaga pomidor va bodring ekib yaxshigina daromad ko‘ryapti.

«Issiqxona biznesi bilan 3 yildan beri shug‘ullanamiz. Boshida 2 ta issiqxona qildik. Bodring va pomidor ekib olgan daromadimizdan yana yoniga 3-issiqxonani tashkil qildik. 8 sotix yerimizga fevral oyi oxirida pomidor va bodring ekamiz. Oilaviy mehnat qilib ekib-pishirib shundan foyda olyapmiz.
Bu yil issiqxonaga qo‘shimcha daromad bo‘lsin deb limon ko‘chat ekdik. Limon ko‘chatlarimiz ko‘klab barg yozib qoldi.
3 yil avval issiqxonaning 2 sotixi 5 million so‘mdan qurilgan. Pomidor Yaratgan beradigan dehqonchilik, e’tiborli bo‘lib yaxshi qarasangiz 1 tup ko‘chatdan 4 kgdan 6 kggacha hosil beradi. O‘rtacha 20 milliondan ortiqroq daromad olamiz. Kuzda yana bo‘shagan joyga bodring va baqlajon ekamiz. Ulardan ham kamida 10 million so‘m foyda olinadi. Bir so‘z bilan aytganda 8 sotix issiqxonadan yiliga o‘rtacha 30 million daromad olsa bo‘ladi.
Bu ishga o‘zimiz qiziqqanimiz uchun ham mehnati ortiqcha bilinmaydi. Ertalab salqinda kirib bir qator shoxlarini ipga o‘rab suvini quyib, vitaminlar beriladi. Issiqxona usti ochiq bo‘lmagani uchun o‘simliklarga vitaminlar kam tushadi. Shuning uchun o‘simliklarga mikroelementlar sepiladi.
Issiqxonaning ortiqcha ishi yo‘q. Oilaviy qilsa bo‘ladigan ishlar. O‘zim do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlayman. Ertalabda ishga ketishdan avval 1 soat, ishdan kelib 1 soat o‘simliklarga qarayman», – deydi yosh tadbirkor Abdulla Homidov.
Yosh tadbirkorning ota-onasi davlat tashkilotida ishlaydi. Oila a’zolari ishdan bo‘sh vaqtlarida issiqxonada o‘simliklar birgalikda parvarish qilinadi. Abdulla Homidov yoshlarga issiqxona tashkil qilib qo‘shimcha daromad topishlarini tavsiya qiladi.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Mirvohid Mirrahimov.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

09:50 / 17.05.2025
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:06 / 13.03.2025