Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Birinchi navbatda bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak» – Prezident Amir Temurning jang mahorati haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tashkil etilgan Ko‘kdala tumani faollari bilan uchrashuvda Qashqadaryo farzandi va butun O‘zbekiston faxri bo‘lgan sohibqiron Amir Temurning harbiy strategiyasi haqida gapirib o‘tdi.
«Kabinetimda ozgina bo‘sh vaqtim bo‘lsa, kitob o‘qishga harakat qilaman. Savol tug‘iladi, biz nima uchun Amir Temur bobomizning mudofaa merosini ilmiy asoslar bilan o‘rganmaymiz?
Sohibqironning To‘xtamishxon bilan jangini o‘qib chiqdim. Buyuk sarkardamiz qanday g‘alaba qozongani menga juda qiziq edi. To‘xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O‘zimga ham yozvoldim, Amir Temur bobomiz jangda 7 ta usulni qo‘llagan ekan.
To‘xtamishxon ham oddiy raqib bo‘lmagan, juda katta va mohir qo‘shini bo‘lgan. Bu jang taktikasini o‘rgandim va mutasaddilardan so‘radim: kimdir bizdan mana shu janglardagi strategiyani o‘rganganmi? Yo‘q, o‘rganmagan.
Hammasiga topshiriq berdim — biz birinchi navbatda o‘zimizning bobolarimiz tarixini o‘rganishimiz kerak. Afsuski biz ko‘p yillar boshqalar tarixini, bizga aloqasi bo‘lmagan janglarni o‘rgandik.
Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak – shunday ulug‘ inson sizlarning bevosita ajdodingiz», – dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025