Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“5 tonna xurmo mayizini eksport qildik” - namanganlik tadbirkor yigit
O‘zbekistonda xurmo pishgan paytlarda uni uzoq vaqt saqlashning iloji yo‘qligi uchun ancha arzonga sotiladi. Ba’zan foyda ko‘rolmagan bog‘bonlar meva daraxtlarini kesib tashlashga majbur bo‘lishadi. Chustlik Akmal Suyunov arzon xurmodan mayiz qilib, bir necha barobar qimmatroqqa sotishni yo‘lga qo‘ygan.

Akmal Suyunov Chust tumani Karkidon shaharchasida yashaydi. U xurmodan mayiz tayyorlab, mevani ko‘proq muddat saqlab turish yo‘lini topgan.
Buning uchun xurmo maxsus dastgohda po‘stlog‘idan ajratiladi. Va ochiq havoda quritiladi. Xorijda bunday xurmo mayizlari yuqori narxga baholanadi.
Bu fikr unda, Akmalning aytishicha, Janubiy Koreyada yashaganida paydo bo‘lgan.
“Supermarketda xurmo mayizini ko‘rib qolganman. U qimmat, mazasi shirin edi. Nahotki xurmodan shunday mayiz tayyorlansa, deb hayratlanganman va O‘zbekistonga qaytgach, bu yerdagi xurmolarni shunday quritib, mayiz qilishni o‘ylaganman”, – deydi u.
Akmal Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yoshlar akademiyasi” tomonidan e’lon qilingan “Bo‘lajak olim” tanlovida qatnashadi va 335 million so‘mlik grantni qo‘lga kiritib, o‘z ishini boshlaydi. Uning loyihasi – xurmo mevasini po‘stidan ajratib, ipga ilib, kuzgi oftob taftida quritish bo‘lgan.
Akmalning aytishicha, O‘zbekistonda bog‘bonlar xurmoni juda arzon sotishga majbur bo‘lishadi, shu sabab ko‘plab xurmo daraxtlari kesib tashlangan.
"Chunki xurmoni uzoq vaqt asrashning iloji yo‘q. Lekin bizning loyihamiz bilan mevani saqlash muddatini uzaytirib, bir necha barobar qimmatroqqa sotishimiz mumkin", – deydi loyiha muallifi.
Tadbirkor yigit mevani po‘stlog‘idan ajratib beruvchi dastgoh tayyorlagan. U 1 dona mevani 3 soniyada po‘stidan ajratib beradi. Dastgohda olma, kartoshka va qizil lavlagini ham po‘stidan ajratish mumkin. Ko‘proq miqdorda qizil lavlagi, kartoshkani quritib, chips qilish mumkin bo‘lgan joylarda foydalansa bo‘ladi.
Hozir uning sexida 7ta shunday dastgoh bor va 20ga yaqin mavsumiy ishchi ishlaydi.
“Xurmoni oktyabr oylarida terib, archib ilib qo‘ygandan keyin, kuzgi ob-havoning kayfiyatiga qarab quyosh ko‘proq chiqsa, 30-40 kunlarda quritib, bemalol muzlatgichga olib qo‘ysa bo‘ladi", – deydi u.
Tadbirkor 2021 yil 18 tonna xurmoni quritib, undan 5 tonna xurmo mayizi olib, Sibirga eksport qilganini aytadi. Xurmo mayizining mahalliy bozorlardagi narxi 25-30 mingga to‘g‘ri keladi.
Xurmoning asosiy xususiyatlaridan biri – yodga boyligi. Bu Sharqiy Osiyo davlatlarida juda qimmatbaho hisoblanadi. Ya’ni bir dona xurmo mayizi kattaligiga qarab 1-2 dollargacha sotiladi.
“Xurmoning ustidagi oq modda, – deydi ishlab chiqaruvchi, – mevaning shakari. Ya’ni ichidagi fruktoza moddasi ustiga po‘rtana bo‘lib chiqadi va qish oylarida, sovuq ob-havoda kristall bo‘lib qoladi”.
Akmal O‘zbekistonda xurmo arzonligi va ko‘pligi sabab uni isrof qilmay, dehqonlar ko‘proq foyda olishini xohlaydi.
“Ozarboyjonda “Bal Hurma” degan katta firma bor. O‘zbekistonda ham shu kabi firmalarga raqobatbardosh meva mayizini yetishtiradigan zavodlarga asos solinishini xohlayman”, – deydi Akmal.
Zuhra Abduhalimova suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025