Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash shtabi ish boshladi

Foto: Depositphotos
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shtab o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Shtabda turli sohalarda, jumladan, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obektlarini tashkil etish, tashqi savdo, transport va tranzit bo‘yicha salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni targ‘ib qilish, importni optimallashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralari xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shtab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z amaliyotlarida duch keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.
Qabul qilingan ma’lumotlar har tomonlama tahlil qilinadi, uning natijalari asosida tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va algoritmlar ishlab chiqiladi. Tadbirkorlar muammoli masalalari ham o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shtabda ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish mexanizmi joriy qilingan, tegishli muvofiqlashtiruvchi kichik guruh tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, vazirlik va idoralar tadbirkorlar murojaatlariga qanchalik tez va samarali javob berayotganini aniqlaydi.
Har bir kun oxirida shtab faoliyati natijalari yuzasidan tezkor hisobot shakllantiriladi va tahlil qilish uchun tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha hukumat komissiyasiga yuboriladi.
Ushbu tahlil davomida aniqlangan tizimli muammolar investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, sanoatni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yangi mexanizmlarini joriy qilish, foydali logistika yo‘nalishlarini kashf etish, yangi istiqbolli bozorlarga chiqish va xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida har tomonlama o‘rganilmoqda.
Aloqaga chiqish uchun ma’lumotlar: koll-markaz: + 998 71 238 52 52; bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi “ishonch telefoni” raqami: 1100; Savdo-sanoat palatasi: + 998 71 150 60 06; biznes-ombudsman: + 998 71 202 09 06.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
-
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
O‘zbekiston | 08:32
-
Elektr energiyasining texnologik sarf me’yorlari belgilanadi
O‘zbekiston | 08:03
-
Germaniya: HAMAS qurollarini tashlasa, G‘azodagi urush tugaydi
Jahon | 07:50
Mavzuga oid

08:30 / 22.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekistonda kigiz mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

16:18 / 30.06.2025
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

12:02 / 19.06.2025