Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Nurobodga xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyat mudiri hokim bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 mart kuni Nurobod tumani hokimligida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.
Sessiyada deputatlar tomonidan Yo‘ldoshev Sherali Mamaraimovich nomzodi Nurobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Sherali Yo‘ldoshev 1971 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar u xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
Ma’lumot uchun, 2017 yil yozidan buyon Nurobod tumaniga rahbarlik qilib kelgan Faxriddin Zoirov 2022 yil fevralida prezident ishtirokidagi yig‘ilishda ishdan olingandi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Nurobod tumanidagi maktab o‘quvchisiga olimpiadadagi ishtiroki uchun hokimiyat tomonidan eski noutbuk berilishi voqeasi shov-shuv bo‘lgan, bu voqea ortidan qator mutasaddilar, jumladan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan ketgandi.
Avvalroq Samarqand viloyatining Payariq, Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025