Jahon | 18:35 / 14.03.2022
5193
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada niqob taqish rejimi bekor qilindi

Rossiya poytaxtida korxona va tashkilotlarda xodimlarning haroratini o‘lchash, ish joylarini ajratish kabi majburiy antikovid choralari ham bekor qilinadi.

Foto: TASS

Moskva meri Sergey Sobyanin shaharda niqob taqish rejimi bekor qilinishini bildirdi.

Uning fikricha, «epidemiologik vaziyat yaxshilangani sababli» ana shunday qarorga kelingan.

Bundan tashqari, Rossiya poytaxtida korxona va tashkilotlarda xodimlarning haroratini o‘lchash, ish joylarini ajratish kabi majburiy antikovid choralari ham bekor qilinadi.

«Hozirgi sharoitda mazkur qaror jiddiy sanksiyaviy bosimni boshdan kechirayotgan biznesni qo‘llab-quvvatlaydi», - dedi Sobyanin.

Moskvada majburiy niqob taqish rejimi 2020 yil bahorda joriy etilgandi.

O‘tgan sutkada shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 957ta holat qayd etilgan, 44 nafar bemor vafot etgan.

Mavzuga oid