Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimining yaqinlariga tovon puli to‘lab berildi
Jizzaxda 2020 yil avgustida koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimi Xanifa Saidovaning oila a’zolariga prezident qarorida belgilangan 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov to‘lab berildi.

Foto: KUN.UZ
Xanifa Saidovaning o‘g‘li Azizjon Nasrullayevning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 11 mart kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov ularga to‘lig‘icha to‘lab berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 27 yanvar kuni Kun.uz'da “Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan tibbiyot xodimining yaqinlariga tovon puli qachon to‘lanadi?” sarlavhali maqola e’lon qilinib, unda Xanifa Saidovaning oila a’zolariga prezident qarorida belgilangan bir martalik to‘lovni to‘lab berish paysalga solinayotgani, hatto ularning foydasiga chiqarilgan sud qarori ham ijro etilmayotgani tanqid qilingandi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 1 yungacha amalda bo‘lgan PQ-4652-sonli prezident qarorida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot xodimiga yoki uning oila a’zolariga 250 mln so‘mlik bir martalik to‘lov to‘lanishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:52 / 22.07.2025
Farg‘onada adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlagan shifokor qamaldi

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

16:57 / 10.07.2025
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi

14:31 / 04.07.2025