Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda yosh oila 4 nafar egizak farzandli bo‘ldi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahri Yunusobod tumanida tug‘ilgan 4 nafar egizak — 3 o‘g‘il va 1 qizning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 6 mart kuni shu tumanda yashovchi Kamola Shukrullayeva hamda uning turmush o‘rtog‘i — tuman ichki ishlar bo‘limi leytenanti Behruz Xudoyberdiyev biryo‘la 4 nafar egizakning ota-onasiga aylangan. Respublika perinatal markazida chaqaloqlarning sog‘lom tug‘ilishi uchun zarur sharoit hozirlanib, kesarcha usulida, asoratsiz tug‘uruq amaliyoti o‘tkazilgan. Natijada og‘irligi 1,5, 2,3 va 2,5 kilogrammlik 3 nafar o‘g‘il hamda 2,3 kilogrammlik qizaloq dunyoga kelgan.
«Hozirda go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishi neonatolog shifokor va hamshiralar nazorati ostida», — deyiladi SSV xabarida.
Ta’kidlanishicha, bu 2022 yilda Respublika perinatal markazida to‘rt nafar egizak tug‘ilishi bilan bog‘liq uchinchi holat hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Toirovlar oilasida to‘rt egizak - 2 qiz va 2 o‘g‘il dunyoga kelgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

17:01 / 29.10.2024
Afg‘onistonda ayol olti egizakni dunyoga keltirdi

15:29 / 12.08.2024
Respublika perinatal markazida 4 egizak tug‘ildi

11:58 / 09.09.2023
Qarshi shahrida yashovchi oilada to‘rt nafar egizak tug‘ildi

11:18 / 01.09.2023