«Exo Moskvi» radiosi efirdan uzib qo‘yildi
Radiostansiya efirdan uzilishi va saytining bloklanishiga olib kelgan qaror ustidan sudga shikoyat qilmoqchi.

Foto: RIA Novosti / Anton Denisov
«Exo Moskvi» radiostansiyasi efirdan uzib qo‘yildi. Bu haqda seshanba kuni radiostansiya bosh muharriri Aleksey Venediktov ma’lum qildi.
«Exo Moskvi» efirdan uzildi», — deb yozdi u Telegram’dagi kanalida.
Qayd etilishicha, «Exo Moskvi» efirdan uzilishi va saytining bloklanishiga sabab bo‘lgan qarorga sud orqali e’tiroz bildiradi.
«Exo Moskvi» tahririyati Bosh prokuraturaning radiostansiya efirdan uzib qo‘yilishi va saytining bloklanishiga olib kelgan taqdimotiga mutlaqo qo‘shilmaydi. Tahririyat bu qarorga sudda e’tiroz bildiradi. Unda siyosiy omil bor, bu RF konstitutsiyasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiqlangan senzurani joriy etish, deb bilamiz», deb yozgan Venediktov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taqdimnomada keltirilgan da’volar «hech qanday misollar, hech qanday dalil bilan tasdiqlanmagan, ular asossiz va Rossiya jurnalistlari hamda fuqarolari uchun haqoratli».
Avvalroq Rossiya Bosh prokuraturasi «Exo Moskvi» radiostansiyasi va «Dojd» telekanali (Rossiyada xorijiy OAV agenti sifatida tan olingan) axborot resurslariga kirishni cheklashni talab qilgandi. Radiostansiya keyinroq efirdan uzib qo‘yildi.
Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, «Exo Moskvi» va «Dojd» tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda ekstremizmga, RF fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlikka, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ommaviy ravishda buzishga, shuningdek, RF fuqarolarini amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzgan holda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan ag‘darishga chaqiriqlar bor.
Mavzuga oid

23:31 / 22.02.2023
YouTube shaxsiy radiostansiya yaratish imkonini beradi

18:40 / 11.02.2018
KXDR Olimpiada oldidan josuslik shifrlarini translyatsiya qilishda gumon qilinmoqda

21:26 / 21.01.2018
Samsung smartfonlari egalarini syurpriz kutmoqda

14:06 / 06.12.2017