Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AOKAning ayrim vakolatlari «O‘zkomnazorat»ga beriladi
Prezidentning “2022-2025 yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, “Intellektual mulkning samarali huquqiy muhofazasidan – kuchli huquqiy himoyasi sari” tamoyili asosida intellektual mulkni jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini rivojlantiruvchi asosiy drayverga aylantirish orqali Yangi O‘zbekistonni ilmiy-texnikaviy va ixtirochilik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar sirasiga kiritish hamda mintaqaviy brendlarni hududlarni har tomonlama rivojlantiruvchi vosita sifatida yuzaga chiqarish strategiyaning bosh maqsadi hisoblanadi.
Strategiyada belgilangan ustuvor vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash uchun jamiyatda intellektual mulkka hurmat hissini yanada oshirish va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilishini kuchaytirish maqsadga muvofiq deb topiladi hamda quyidagi davlat organlariga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha funksiyalar yuklatiladi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga – dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaga doir texnik jihatdan tartibga solish hamda intellektual mulk sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga – o‘z vakolatlari doirasida mahsulotlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini berishda intellektual mulk sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Kontrafakt mahsulotlarning respublikaga kirib kelishi va erkin muomalasi oldini olish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi tarkibida Intellektual mulk obekti huquqlarini himoya qilish bo‘limi tashkil etilgan.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra intellektual mulk obekti huquq egalarining huquqlarini bojxona organlari orqali himoya qilishda mavjud bo‘lgan ortiqcha byurokratik to‘siqlar sohani raqamlashtirish orqali to‘liq bekor qilinadi.
Bunda, 2022 yil 1 iyunga qadar reyestrga intellektual mulk obektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha arizani va ushbu ariza bo‘yicha qabul qilingan qarorni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali onlayn ravishda elektron tarzda yuborish va qabul qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
Internetda muallif, ijodkor va boshqa huquq egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish maqsadida prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatishda (sotish, ijaraga berish va barchaning e’tiboriga yetkazishda) mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlari Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga beriladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Respublikada moyli ekinlarni yetishtirish rivojlantiriladi
Iqtisodiyot | 15:09
-
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi
Jamiyat | 15:07
-
«O‘zbekfilm» binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi (video)
O‘zbekiston | 15:07
-
FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogi asl nusxasini Trampga qoldirdi
Jahon | 15:03
Mavzuga oid

16:00 / 14.07.2025
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda

19:29 / 12.06.2025
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi

08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi

10:43 / 09.05.2025