Qashqadaryoda maktab hovlisidagi 7 tup qayrag‘och daraxti noqonuniy kesib tashlandi
Ekologiya inspektorlari tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 million 700 ming so‘m jarima hamda 5 million 920 ming so‘m zarar qo‘llangan.

Foto: Ekologiya boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda G‘uzor tumanida ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Nazorat tadbiri davomida G‘uzor tuman “Yangiobod” MFY hududida joylashgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida daraxtlar sanoqdan o‘tkazilganda u yerda turli xil diametrdagi 7 dona qayrag‘och daraxti kesilgani aniqlangan.
Viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, daraxtlar 23-maktab mutasaddilari tomonidan kesilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ularga 2 million 700 ming so‘m jarima hamda 5 million 920 ming so‘m zarar qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Shuningdek, Andijonda tug‘uruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishmasida ekilgan eldor qarag‘aylari kechki payt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toshkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilishi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natganlarga pul to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan. Shunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesish holatlari to‘xtamayapti.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi

23:40 / 31.03.2025
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

15:46 / 03.10.2023