Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

Foto: pxhere.com
Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chilik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda iste’mol hamda urug‘lik kartoshka yetishtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda yuqori avlodli urug‘lik kartoshkani joylashtirish hamda yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
- urug‘lik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan agroklasterlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Agroklasterlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- o‘zlariga biriktirilgan yer maydonlarida hududlarning tuproq-iqlim va suv sharoitlaridan kelib chiqib, kartoshkaning yuqori avlodli sertifikatlangan urug‘lari ekilishini;
- agrotexnik tadbirlarga rioya qilgan holda urug‘lik kartoshka yetishtirilishini nazoratga olish hamda belgilangan tartibda aprobatsiyadan o‘tkazib, urug‘liklarni nav va avlodlari bo‘yicha alohida jamg‘arilishini ta’minlash;
- yetishtirilgan urug‘lik kartoshkani keyingi mavsumda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish uchun maxsus saqlash omborlarini tashkil etish;
- fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy, takroriy maydonlariga ekish uchun sertifikatlangan urug‘lik kartoshkaning shartnoma asosida yetkazib berilishini ta’minlash;
- urug‘lik kartoshkani yetishtirish, parvarishlash, o‘simliklarni himoya qilish tadbirlarini o‘tkazish hamda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi muassisligida agroklasterlar faoliyatiga ko‘maklashish hamda hududlarda kartoshka yetishtiruvchi xo‘jaliklarni yuqori sifatli urug‘lik kartoshka bilan ta’minlashga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yuqori avlodli urug‘lik kartoshkani import qilish uchun agroklasterlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 200 mlrd so‘m miqdorida mablag‘larni tegishli tijorat banklarining buyurtmalariga asosan 2024 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtiradi.
Shunday tartib joriy etiladiki:
- hududlardagi muvofiqlik sertifikati mavjud yuqori avlodli super elita va elita urug‘lik kartoshkani yetishtiruvchi agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga 2025 yil 1 yanvarga qadar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliqlar stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;
- ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan chet davlatlardan kartoshkaning respublika tuproq-iqlim sharoitida mos navlarini yaratish hamda introduksiya qilish maqsadida keltiriladigan yangi navlar karantin ruxsatnomasi to‘lovlaridan ozod etiladi;
- Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan kartoshka yetishtiruvchi sub’yektlar tomonidan yetishtirilgan yuqori avlodli (original va elita) urug‘lik kartoshkani muvofiqlik sertifikati asosida har bir kilogrammiga tannarxi 25 foizi miqdorida, biroq, 2000 so‘mdan oshmagan holda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
-
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:13
-
Namanganda ikki o‘smir kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston | 15:15
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025