Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda o‘qituvchilarning pulini o‘zlashtirgan maktab direktori qamaldi

Foto: KUN.UZ
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida qo‘l ostida ishlovchi o‘qituvchilarning pulini talon-toroj qilgan maktab direktori belgilangan jarimani to‘lamagani uchun 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida yashovchi maktab direktori A.B. o‘z mansab vakolatidan foydalanib, qo‘l ostidagi o‘qituvchilarning pulini talon-taroj qilganligi sababli, Jinoyat kodeksining 167-moddasi «v», «g» bandlari hamda 209-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilgan.
Sud qarori bilan A.B. 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, BHMning 100 baravari miqdorida, ya’ni 17 million 224 ming so‘m jarima jazosiga tortilgan.
Sud qarori ijrosini ta’minlash uchun MIB Shahrisabz tuman bo‘limi ijro harakatlariga kirishgan va A.B. belgilangan qarzdorlikni bartaraf etmagani, undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki mavjud emasligi aniqlangan.
Shundan so‘ng davlat ijrochisi jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudiga Jinoyat kodeksining 44-moddasiga asosan mazkur jazoni boshqa jazo turiga almashtirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritgan.
Joriy yilning 1-fevral kuni sud holatni ko‘rib chiqib, taqdimnomani qanoatlantirgan. Qarzdor A.B.ning 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi va oilaviy sharoiti inobatga olinib, jazo turi 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025