Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda imo-ishora tilini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Quyidagilar shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- imo-ishora tilining nogironligi bo‘lgan shaxslar va sog‘lom insonlar o‘rtasidagi muqobil muloqot vositasiga aylantirilishini ta’minlash;
- imo-ishora tilini kelgusida yanada rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
- imo-ishora tili asosida o‘qitiladigan ta’lim turlariga qo‘yiladigan davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish;
- jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga imo-ishora tilini o‘qitishning innovatsion vositalari hamda ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangilangan o‘quv rejasi va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan imo-ishora tili bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;
- imo-ishora tilining jamiyatdagi mavqeyini oshirish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat ko‘nikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uyg‘unlashuviga ko‘maklashish.
Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining respublikaning har bir tuman (shahar) markazida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti huzurida eshitishi, nutqi va ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan katta yoshdagi (o‘n sakkiz yoshdan katta bo‘lgan) shaxslar hamda ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan o‘quv markazini har bir hududdagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik beriladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi
Jahon | 21:38
-
Rasman: Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinmoqda
O‘zbekiston | 21:33
-
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
O‘zbekiston | 21:14
Mavzuga oid

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan

07:28 / 09.03.2022