Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj mulkdorlarga majburiy badallarni to‘lash uchun subsidiya ajratiladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni takomillashtirish va kommunal xizmatlar ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat prezidentning “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
U bilan quyidagi tartiblar to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi:
- Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi maxsus hisobvarag‘i mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risida (1);
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarga majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish to‘g‘risida (2);
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish to‘g‘risida (3);
- ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun boshqaruvchi tashkilotni yoki boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazish to‘g‘risida (4).
Nizomda (1) belgilanishicha, maxsus hisobvaraq mablag‘lari Moliya vazirligining Jamg‘armada ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: ta’mirlash doirasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish; ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash; buyurtmachining boshqa xarajatlarini (loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov yoki tenderni o‘tkazish, texnik nazorat xarajatlari, ta’mirlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlar) moliyalashtirish. Maxsus hisobvaraq mablag‘larini nizomda (1) nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda sarflash qat’iyan taqiqlanadi.
Nizom (2) umumiy mol-mulkni saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash hamda ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish uchun majburiy badalni to‘lash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi. Biroq, subsidiyalar faqatgina “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga ajratiladi. Nizomga (2) muvofiq, majburiy badalni qoplab berishga mo‘ljallangan subsidiya miqdori BHMning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda tegishli mulkdorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish organidagi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Nizomga (3) ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi kommunal.uz veb-saytida avtorizatsiyadan o‘tish uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, taqdim etilgan ma’lumotlar identifikatsiya tizimidagi yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilib, xatolar bo‘lmagan taqdirda, elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Veb-saytda ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining salbiy mulohazalari asosida insofsiz boshqarish organlari ro‘yxati shakllantiriladi. Insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga so‘nggi moliyaviy yil davomida ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlaridan 51 foizdan ortiq salbiy mulohazalar olgan boshqarish organlari kiradi.
Nizom (4) bilan belgilanishicha, tanlov bir yoki bir nechta ko‘p kvartirali uylarni boshqarish maqsadida shartnomalar tuzish huquqi uchun o‘tkaziladi. Tanlov quyidagi tamoyillarga asoslanadi: tanlovda ishtirok etish uchun teng sharoitlar yaratish; korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik; halol raqobat; tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi axborotni olish erkinligi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

11:05 / 12.06.2025
Qurilish vazirligi Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi

09:55 / 20.05.2025
Eski liftlarni yangilash uchun 850 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin

12:17 / 17.04.2025