Samarqandda fermerga tegishli yerni 25 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida fermer xo‘jaligiga tegishli 13 sotix yerni 25 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘shrabot tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro T.T. “O.” fermer xo‘jaligiga qarashli 13 sotix yer go‘yoki o‘ziga tegishli ekanini aytib, fuqaro O.ga ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun 25 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 000 dollar va 4,9 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:07 / 03.03.2025