Toshkent viloyatida bir yil ichida 2400 ga yaqin kishi muddatidan oldin jazodan ozod bo‘ldi
Toshkent viloyatida probatsiya hisobida turuvchi shaxslardan 2398 nafari 2021 yil davomida muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etildi.

Foto: IIV axborot xizmati
Sayyor sudlarda jazodan ozod etilganlar mehnatga halol munosabatda bo‘lgani va cheklovlarga to‘liq rioya etgani inobatga olingan. Bu haqda viloyat IIBB Probatsiya bo‘limi xabar qildi.
Shu bilan birga, sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilmay, jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgani uchun 155 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish joyiga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, jazodan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha 134 marta mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ularning 3 793 nafari ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 422 nafari kasbga yo‘naltirish bo‘yicha bepul o‘quv kurslariga borishi ta’minlangan, 220 nafari qayta kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘qitilgan.
Probatsiya xizmati – axloq tuzatish, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish va majburiy jamoat ishlari jazolarini, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish, ozodlikni cheklashga almashtirilgan jazolarni ijro etish, shartli hukm qilingan va jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qilish bo‘yicha vakolatli xizmat.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva viloyatidagi Ozarboyjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi
Jahon | 20:05
-
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi
Jahon | 19:21
-
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 19:18
-
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?
Jahon | 19:10
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

21:54 / 30.06.2025
Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 300 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

15:22 / 27.06.2025
Toshkent viloyatining xorijiy investitsiyalari bo‘lgan korxonalariga imtiyozlar beriladi

11:43 / 27.06.2025