Xorazmda «Cobalt» poyezd bilan to‘qnashdi
Xorazm viloyati, Xonqa tumani hududidan o‘tgan temir yo‘l kesishmasida «Cobalt» rusumli avtomobil va teplovoz to‘qnashdi. Haydovchi shifoxonaga yotqizildi.

Foto: railway.uz
7 yanvar kuni soat 18:18 da Xonqa tumani, Yosh kuch mahallasi hududidan o‘tgan temir yo‘lda yengil avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
Shu tumanning Qirqyop qishlog‘i, «Obod» mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro N.X. «Cobalt» rusumli avtomobilida qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida to‘xtash belgisiga amal qilmasdan harakatlangan va «Xiva-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashgan. Oqibatda avtomobil ag‘darilib ketgan, haydovchi esa tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, to‘qnashuv oqibatida shikast yetgan teplovozga qariyb 1 soat davomida texnik xizmat ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng poyezd yo‘lini davom ettirgan.
Holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv va tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:52 / 15.03.2025
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

15:03 / 14.03.2025
Yuk mashinasini bo‘laklarga bo‘lib olib kirishga urinish aniqlandi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

11:06 / 12.03.2025