Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi zovurdan yoqib yuborilgan holda topilgan mashina ichidan murda chiqdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi zovurdan yoqib yuborilgan Spark mashinasi topilgan. Uning ichida murda ham bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 28 dekabr kuni soat 9:30 larda G‘allaorol tumani Mirzabuloq qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Nayman qishlog‘ida yashovchi fuqaro shu hududdagi fermer xo‘jaligiga tegishli dala maydoni chetidagi zovur ichida yonib ketgan Spark mashinasini ko‘rib qolgan.

Fuqaro bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan. Shundan so‘ng, voqea joyiga viloyat prokuraturasi va viloyat IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib borgan. Mashina ko‘zdan kechirilganda uning ichidan kuyib ketgan murda ham topilgan. Shuningdek, mashinaning davlat raqami ham bo‘lmagan.
Mashina kuzovining raqami orqali uning egasi tekshirib ko‘rilganda Spark Samarqand shahar Zarafshon mahallasida yashovchi shaxs ekani ma’lum bo‘lgan.
IIB xodimlari mashina egasining uyiga borib, uning yaqinlaridan ko‘rsatma olganda, ular yigitning bir kun avval uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirishgan. O‘tkazilgan tibbiy ekspertizada kuyib ketgan jasad mashina egasiniki ekani aniqlangan.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida, Jomboy tumani “Beshsayid” MFYda yashovchi uch nafar shaxs marhumni giyohvand moddalar bilan ta’minlab kelgani aniqangan va ular ushlangan.
Dastlabki tergov-surishtiruv davomida aniqlanishicha, marhum 28 dekabr kuni Jomboyga borgan. Giyohvand modda sotuvchilar qarzi borligi uchun unga giyohvand modda berishmagan. Shundan so‘ng marhum IIB xodimlariga borib, xabar berishini aytganda giyohfurushlar uni o‘ldirishgan va G‘allaorolga olib borib yoqib yuborishgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi
Jamiyat | 09:54
-
Karachidan Toshkent va aSmarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Iqtisodiyot | 09:48
-
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi
Jahon | 09:30
-
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin
O‘zbekiston | 09:05
Mavzuga oid

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025