Xususiy klinikalarga soliqlar bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi
Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, xususiy tibbiyot tashkilotlariga soliqlar bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
Yangi nodavlat tibbiyot tashkilotlarini tashkil etishda tavsiyalar berish va ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan talablar xalqaro standartlardan kelib chiqib yengillashtiriladi.
Hududlardagi demografik va kasallanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, zarur yo‘nalishdagi xususiy tibbiyot tashkilotlari tashkil etiladi yoki faoliyat yo‘nalishlari kengaytiriladi.
Tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish yoki laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni yengillashtirgan holda, xalqaro tajribadan kelib chiqib belgilangan texnik jihatdan tartibga solish hujjati yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini tashkil etishda moddiy texnik baza va tibbiy asbob-uskunalarga belgilangan eng kam talablar soddalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:29 / 14.04.2025
“Bemor 12 soat qarovsiz qolgan” – telejurnalist Ramina Yagafarova o‘limi bo‘yicha ikki shifokor jinoiy jazoga tortildi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

17:32 / 30.11.2024
AQShda erkak uni noto‘g‘ri davolagan klinikadan 412 mln dollar tovon undiradigan bo‘ldi

16:40 / 08.10.2024