Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi
Muratbay Bazarimbetov 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi. U tadbirkorning transformatorini tarmoqqa ulab berish uchun shuncha pul talab qilgan. Sud Bazarimbetovni 8 yilga, uning jinoiy sherigini 6 yilga qamoqxonaga jo‘natdi.

Foto:“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ sobiq bosh direktori Muratbay Bazarimbetov 2020 yil dekabr oyida jinoiy sherigi K.B. bilan oldindan til biriktirib, tadbirkorning transformatorini tarmoqqa ulab berish evaziga 15 ming dollar pora olganida ushlangan edi. Bu haqda yil boshida Kun.uz o‘z manbalariga tayanib xabar qilgandi.
Xorazm viloyati sudidan ma’lum qilishlaricha, Muratbay Bazarimbetov va K.B. oldindan jinoiy til biriktirib, guruh bo‘lib, Tuproqqal’a tumani, Sarimoy posyolkasida yangidan tashkil qilinayotgan “B.A.M.” MChJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi uchun o‘rnatiladigan transformator punktini elektr liniyasiga ulab berish uchun pora talab qilishgan.
K.B. Xonqa tuman hududida Z.A.dan 15 ming AQSh dollarini Muratbay Bazarimbetovga pora tariqasida yetkazish uchun olgan vaqtida ushlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davom ettirilgan tadbir natijasida Muratbay Bazarimbetov K.B. orqali 15 ming AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Xiva shahar sudining hukmiga ko‘ra, Muratbay Bazarimbetov Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. U 3 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, JKning 57-moddasi qo‘llanib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
K.B. Jinoyat kodeksining 28- va 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. U 2 yil davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlarda moddiy javobgar shaxs hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Xorazm viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati hukmni o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirmasdan qoldirgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

09:55 / 20.06.2025