Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarafshondagi 59 nafar tadbirkor ishi: prokuratura apellyatsiya sudida ham yutqazdi
Navoiy viloyati ma’muriy sudi sudlov hay’ati 2021 yil 9 dekabr kuni Navoiy shahar prokurori keltirgan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi hamda Navoiy tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 13 sentyabrdagi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Prokuratura sudga Zarafshon shahar hokimining 59 ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan ariza kiritgandi.

Foto: Kun.uz
Zarafshon shahar hokimi 2021 yilning aprel-may oylarida 59 nafar fuqaroga farmoyish asosida shahar hududidan xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘rnatish uchun vaqtincha yer uchastkalari taqdim etgan. Fuqarolar ushbu yer uchastkalarida belgilangan xizmat ko‘rsatish turlari bo‘yicha tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun harakatni boshlab yuborishgan. Ammo Zarafshon shahar prokuraturasi hokimning mazkur farmoyishlarini qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deya hisoblagandi.

Prokuratura Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshirilishini ta’kidlab, hokimlik farmoyish asosida yer maydonidan foydalanishga imkon yaratgan, degan vajni ilgari surgandi. Sud qaroriga ko‘ra, shahar hokimining farmoyishi bilan fuqarolarga yer ajratilmagan, aksincha 5 yil muddatga yengil konstruksiyali savdo do‘konlari va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘rnatishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, sudlov hay’ati arizachining hokimlik mazkur masalada qaror qabul qilmasdan farmoyish chiqarganligi qonun talablariga zid hisoblanishi, Yer kodeksining 20-moddasi noto‘g‘ri talqin qilinib, moddiy huquq normalari buzilganligi haqidagi vajlarini ham rad qildi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin
Jahon | 18:19
-
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi
Jahon | 18:08
-
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi
Jahon | 17:56
-
12,6 ming dollarga krossover - Geely Icon 2026 taqdim etildi
Fan-texnika | 17:15
Mavzuga oid

11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi

17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi

15:19 / 08.11.2024
Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

11:07 / 07.11.2024