Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
Buyuk Britaniya nashri 2024 yil uchun dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda astronavt, Nobel mukofoti sovrindori, aktrisa, sportchi, jurnalist va boshqa faollar qatorida o‘zbekistonlik imkoniyati cheklangan ayol Dilorom Yo‘ldosheva ham bor.

Foto: BBC
Ma’lum bo‘lishicha, ayol 2 yil oldin o‘rim-yig‘im paytida ikki oyog‘idan ayrilgan. U yangi kasb-hunarlarni o‘rganish bilan birga, yosh o‘zbek ayollariga tirikchilikka ko‘maklashishni maqsad qilgan va shu bois o‘zining tikuvchilik biznesini ochishga qaror qilgan.
«U tadbirkorlik va resurslarni boshqarish asoslarini o‘rgandi va 40 dan ortiq shogirdlarni tayyorlashni davom ettirdi. Bir necha oy ichida uning kompaniyasi sezilarli darajada o‘sdi, bepul ustaxonalar ochdi va ishchilar va maktab o‘quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzdi», — deyiladi BBC xabarda.
Shundan so‘ng uning biznesi o‘zi va boshqa o‘nlab ayollar uchun daromad manbaiga aylangan.
Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi Dilorom Yo‘ldosheva Adliya vazirligi tomonidan «Matonat» nomli hujjatli film tasvirga olingan edi. Unda fojiadan so‘ng ayolning hayotini o‘zgartirib yuborgan hodisalar haqida so‘z boradi.
Ro‘yxatda, shuningdek qo‘shni qirg‘izistonlik Janilsinzat Turganbayeva ham bor.

Bishkekdagi etnologik muzeyni boshqaruvchi ayol Qirg‘iziston madaniy merosini saqlash, jumladan «Manas» dostonini saqlash bilan bog‘liq vazifani bajaradi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

16:37 / 02.01.2025
Ayollarning ishlamasligi: madaniy cheklovmi yoki iqtisodiy?

12:36 / 13.12.2024
Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi

20:07 / 03.12.2024
“Qaror qabul qilishda nogironligi bor shaxslar ham ishtirok etishi shart” – O‘zbekistonda nogironlik muammolari haqida

17:02 / 28.11.2024