Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli fizik olim, akademik Temurbek Usmonov vafot etdi

Foto: UzA
Atoqli fizik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Temurbek Usmonov 2021 yilning 22 dekabr kuni 79 yoshida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari akademik vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
T.Usmonov 1942 yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1967 yili Moskva davlat universitetini tugatib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida stajyor-tadqiqotchi sifatida ish boshladi. So‘ngra Moskva davlat universiteti aspiranturasida tahsil olib, 1972 yilda nomzodlik, 1987 yilda doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.
U o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy pedagogik va tashkilotchilik faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida katta ilmiy xodim, Elektronika (hozirgi Ion-plazma va lazer fizikasi) instituti laboratoriyasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi yirik ilmiy loyihalar bo‘yicha ekspert kengashi raisi, Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimlarida samarali mehnat qildi.
Akademik T.Usmonov yurtimizda lazer fizikasi va texnologiyalari, nochiziqli optika va spektroskopiya sohalarining dolzarb masalalarini tadqiq etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo‘shdi.
U o‘z sohasi bo‘yicha yangi ilmiy yo‘nalishga asos solib, dunyoda ilk bor quvvatli lazer nurlanishlarining eng katta samaradorlikdagi garmonikalari va yorug‘likning eng yuqori darajadagi parametrik generatsiyalarini olishga erishdi. Uning tadqiqotlari asosida ishlab chiqilgan lazer komplekslari bugungi kunda amaliyotda keng qo‘llanmoqda.
Olim 400 dan ortiq ilmiy maqolalar, 4 ta monografiya, 16 ta patent muallifi bo‘lib, 150 dan ziyod ilmiy maqolalari xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan edi.
Ko‘plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq bergan jonkuyar ustozning bevosita rahbarligida 5 nafar fan doktori va 15 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi.
T.Usmonovning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib taqdirlandi. U “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

17:29 / 28.02.2025
Amir Temur haqida risola yozib Sovet tuzumi tazyiqi ostida qolgan o‘zbek olimi – Ibrohim Mo‘minov

22:07 / 13.11.2024
Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi

13:57 / 13.07.2023
“Qachonki erkinlik bo‘lsa, o‘shanda olimlar davlatga yordam beroladi” - Amerikadagi o‘zbek professori

11:03 / 17.02.2018