Jamiyat | 11:03 / 17.02.2018
13407
2 daqiqa o‘qiladi

Akademik Azizxon Qayumov vafot etdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Azizxon Qayumov 1926 yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1949 yil O‘rta Osiyo davlat Universitetining Sharq fakultetini tugatgan. 1949 yildan boshlab Sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish institutida kichik ilmiy xodim, Sharqshunoslik institutida ilmiy kotib, Til va adabiyot institutida direktor lavozimlarida ishlagan. 1979—1998 yillarda Qo‘lyozmalar instituti direktori lavozimida, 1998 yildan to shu kunga qadar Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida yetakchi ilmiy xodim bo‘lib ishlab keldi. 

Aziz Qayumovning xizmatlari davlat tomonidan yuksak baholanib, «El-yurt hurmati» (2003), «O‘zbekiston belgisi» (1995), «Shuhrat» medali (1995) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni (2014) kabi mukofotlar bilan taqdirlangan.

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolariga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. 

Mavzuga oid