Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirena o‘rnatilgan Equinox, hujjatsiz va mast haydovchilar – Toshkentda o‘tkazilgan tungi reyd tafsilotlari
Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus tungi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.

Reyd jarayoni aks etgan videolavhada Equinox rusumli avtomobilga taqiqlangan jihozlar, jumladan, miltillovchi chiroqlar va sirena o‘rnatilgani ko‘rinadi. Inspektor haydovchidan bu jihozlarni nima uchun o‘rnatganini so‘raganida u mashina akasiniki ekanini aytib, javobgarlikni zimmasidan soqit qilishga urinadi.
Qayd etilishicha, maxsus reyd davomida hech qanday hujjatlarsiz avtomobil boshqarib yurgan haydovchilar ham uchragan. Jumladan, BMW, Malibu rusumli mashinalar to‘xtatilganda, haydovchilarda avtomobil boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar bo‘lmagan. Shu sababli har ikki holatda ham qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositalari vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan.
Poytaxtning Osiyo ko‘chasida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan jizel va hushtak yordamida Spark rusumli avtomobil to‘xtatilganda u mas’ul xodimlarning ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatlanishda davom etgan. Ushbu avtomobil majburan to‘xtatilganda haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida ekani ma’lum bo‘ladi. Mastlik holati tibbiy ko‘rik jarayonida ham tasdiqlangach, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilib, sarxush haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Avvalroq ikki Mercedes mashinasi haydovchilari tungi reyd davomida inspektorning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay qochib ketishga uringani, biroq bu mushuk-sichqon o‘yini ko‘pga cho‘zilmagani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025