Uzoq kutilgan parvoz yo‘nalishi: Farg‘ona – So‘x reysi aviachiptasi qanchadan sotilmoqda?
12 dekabr kuni «Humo Air» aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x aerodromiga birinchi qatnovini amalga oshirdi. Aynan mana shu kundan e’tiboran Farg‘onadan So‘xga muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Kun.uz muxbiri ushbu aviaqatnov bo‘yicha ma’lumot olish uchun Farg‘ona xalqaro aeroporti tashishni tashkillashtirish xizmati smena boshlig‘i Doniyor Shermatov bilan suhbatlashdi.
«Ichki turizmni rivojlantirish, viloyatdagi anklav hudud hisoblangan So‘x tumani aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga sharoit yaratish maqsadida haftaning dushanba va juma kunlari aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Farg‘ona shahridan soat 10:00 da parvoz qilgan uchoq So‘x tumaniga yetib borib, soat 12:00 da So‘x aerodromidan Farg‘ona tomon ko‘tariladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqadan iborat.

Eksklav hudud hisoblanadigan So‘x tumani aholisi shu paytgacha yerusti transportida Farg‘onaga kelish uchun xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirg‘iziston chegara hududini kesib o‘tishar edi. Endilikda aviaqatnov amalga oshirilishi sababli yo‘lovchilar oddiy fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan parvozni amalga oshirishi mumkin.
Samolyot 10 nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Bir tomonga uchish narxi 150 ming so‘m qilib belgilangan. Yo‘lovchilar chiptalarni Farg‘ona, Andijon va Namangan aeroportlaridan, So‘xda esa tuman hokimiyat binosidan xarid qilishi mumkin.
Talabga qarab reyslarni bir kunda 2 mahal amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Samolyot A-80 benzini bilan uchadi. Benzin tannarxi qimmatlashib ketgani uchun narx qimmat belgilangan. Hozircha «Humo Air» aviakompaniyasiga qarashli bitta An-2P yo‘lovchi tashish samolyoti jalb qilingan», dedi aeroport rasmiysi.
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand vositalarni saqlab kelgan fuqaro ushlandi
O‘zbekiston | 13:01
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qilishga qaratilgan vaziyatlar markazi ish boshladi
O‘zbekiston | 12:41
-
Erdo‘g‘an: Tramp Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyor
Jahon | 12:39
-
Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi
O‘zbekiston | 12:24
Mavzuga oid

09:23 / 23.06.2025
Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

16:05 / 14.06.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

15:00 / 14.06.2025
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

00:25 / 14.06.2025