Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy tiktokerlarning Humo Arena’da rejalashtirilgan konserti o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Joriy yil 25 dekabr kuni xorijiy tiktokerlarning Humo Arena’da rejalashtirilgan konserti o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz
«Ijtimoiy tarmoqlarda Humo muz saroyida xorijiy tiktokerlar ishtirokida konsert bo‘lib o‘tishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi va jamoatchilikning keskin noroziligiga uchradi.
Mazkur vaziyat bo‘yicha o‘rganishlar olib bordik va konsert bekor qilinganini ma'lum qilamiz.
Humo Arena mas'ullarining ma'lumot berishicha, aynan shu kuni saroyda boshqa tadbir o‘tkaziladi», – deb yozdi u Telegram-kanalida.
Shuningdek, tashkilot matbuot kotibining Kun.uz muxbiri savoliga javoban qo‘shimcha qilishicha, konsert dasturi qozog‘istonlik tadbirkorlar tashabbusi va mablag‘i evaziga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni ayrim yangiliklar saytida mashhur tiktokerlar ishtirokida Toshkentdagi Humo muz saroyida festival o‘tkazilishi haqida reklama e'loni joylangandi.
Xabarda festival shu yilning 25 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi va unda Danya Miloxin, Artur Babich, Yegor Ship, Anet Sai, Vanya Dmitriyenko va Anya Pokrov kabi tiktokerlar chiqish qilishi ma'lum qilingan. Festivalga kirish chiptasi narxlari esa 100 000 so‘mdan 750 000 so‘mgacha deya ko‘rsatilgan.
Xabar e'lon qilinarkan, u ommaviy muloqot tarmoqlarida keskin e'tirozli munosabatlarga sabab bo‘lib kelayotgandi. Bunga tarmoq kuzatuvchilari festivalda ishtiroki kutilayotgan ayrim tiktokerlarning o‘zi yuritadigan sahifalarda milliy mentalitetga zid keluvchi jihatlarni targ‘ib qilishini ko‘rsatgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41
Mavzuga oid

21:50 / 24.02.2024
Qashqadaryoda tiktoker 10 sutkaga qamaldi

15:39 / 27.11.2023
Toshkentdagi konsert vaqtida ro‘y bergan tiqilinchda qurbonlar bo‘lgani rad etildi

09:02 / 26.11.2023
Video: Toshkentda Jah Khalib konserti kuni tartibsizlik yuzaga keldi

17:29 / 01.09.2022