Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 martdan boshlab xo‘jalik jamiyatlari ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlarga tasniflanadi

Foto: Kun.uz
Prezidentning “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Fuqarolarning xo‘jalik jamiyatlari haqida aniq va to‘laqonli ma'lumotlarni olish, aksiyalarni xarid qilishda qulayliklar yaratish uchun Adliya vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yilning 1 martidan boshlab xo‘jalik jamiyatlarini ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlarga tasniflash haqidagi takliflariga rozilik beriladi.
Belgilanishicha:
- aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari ommaviy joylashtiriladigan (ochiq obuna yo‘li bilan) yoki qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan shartlar asosida ommaviy muomalada bo‘ladigan aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati cheklangan jamiyat ommaviy jamiyat;
- ommaviy jamiyat belgilariga ega bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyati yoki mas'uliyati cheklangan jamiyat ommaviy bo‘lmagan jamiyat hisoblanadi.
2023 yil 31 dekabrga qadar xo‘jalik jamiyatlari o‘z ustavlariga ommaviy jamiyat hisoblanishi to‘g‘risida o‘zgartirish kiritish orqali qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar o‘z ustaviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritmagan xo‘jalik jamiyatlari avtomatik ravishda ommaviy bo‘lmagan jamiyat deb hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi
Jahon | 10:42
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
Mavzuga oid

07:27
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi

09:47 / 15.07.2025
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

07:43 / 15.07.2025