Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chinozdagi juda qisqa masofalarda 20ta piyodalar o‘tish joyi belgisi o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi
Chinoz tumanida yo‘lning 120 metrlik qismida jami 20ta «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgisi o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqdagi tanqiddan so‘ng belgilar olib tashlandi. YHXBB belgilarni o‘rnatish ishlari kelishilmagan holda amalga oshirilganini ma'lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqda 120 metr masofa ichida 20 ta piyodalar o‘tish joyi belgisi o‘rnatilgani aks etgan video tarqaldi. Bu Toshkent viloyatining Chinoz tumani hududida ro‘y bergani ma'lum bo‘ldi
Bloger Otabek Mashrapov vaziyatni «kulgili va qayg‘uli» deb atagan. U O‘zbekistonning ko‘plab joylarida bunday belgilar yetishmayotgan mahalda bir joyga birdaniga 20ta belgi o‘rnatilganini tanqid ostiga olgan.
U o‘zi va boshqa faollar doimiy ravishda mas'ul organlarga piyodalar o‘tish joyi belgilari yetishmovchiligi to‘g‘risida xabar berib borishi, ammo oylar o‘tsa-da, bunday joylarda belgilar paydo bo‘lmasligini qayd etib o‘tgan.
YHXBB matbuot xizmati Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi ichki yo‘lda yuz bergan holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
«Mazkur yo‘l qurilishida belgilarni o‘rnatish ishlari Toshkent viloyati IIBB YHXB mas'ullari bilan kelishilmagani, buning natijasida belgilar noto‘g‘ri o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi. Ushbu xatolik bartaraf etilib, amaldagi tartibga ko‘ra yo‘lni belgi va chiziqlar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
Shuningdek, juda qisqa masofalarda, belgilanmagan joylarga noto‘g‘ri o‘rnatilgan 5.16.1, 5.16.2. piyodalar o‘tish joyi belgilari olib tashlangani aks etgan surat ilova qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

17:45 / 12.07.2025
Chinozda opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan yigitga hukm o‘qildi

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

09:01 / 31.05.2024
Chinozda 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

18:28 / 10.05.2024