Yevropada 5-11 yoshli bolalarga mo‘ljallangan Pfizer vaksinasidan foydalanish tavsiya qilindi
Yevropa regulyatorining ma'lumot berishicha, bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlar davomida vaksina 90,7 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.

Foto: AFP via Getty Images
Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) Pfizer-BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi 5-11 yoshli bolalarga mo‘ljallangan vaksinasidan foydalanishni tavsiya etdi.
“EMA dori vositalari qo‘mitasi 5-11 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan Comirnaty vaksinasidan foydalanishni tavsiya qildi”, — deyiladi EMA xabarnomasida.
Qayd etilishicha, bu yosh toifasidagi bolalar uchun vaksina dozasi 10 mikrogrammni tashkil etadi. U ham uch haftalik tanaffus bilan ikki marta kiritiladi.
Yevropa regulyatorining ma'lumot berishicha, bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlar davomida vaksina 90,7 foiz samaradorlik ko‘rsatgan. Sinovlarda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 2 ming nafarga yaqin bola qatnashgan.
Endi EMA dori vositalari qo‘mitasi o‘z tavsiyalarini yakuniy qaror chiqarish uchun Yevropa komissiyasiga jo‘natadi.
Mavzuga oid

21:51 / 26.06.2025
Gap aqlbovar qilmas summalar haqida ketmoqda: NATO tarixiy qurollanish dekadasiga kirdi

13:16 / 21.06.2025
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi

09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda

12:24 / 22.05.2025