Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya va nafaqadan chegirma qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: Kun.uz
Moliya vazirining “Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlardan chegirma qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, tayinlanganiga va qayta hisoblanganiga (pensioner yoki nafaqa oluvchi tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarga asosan) uch yil va undan ortiq vaqt o‘tgan pensiya va nafaqa ishlariga Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ortiqcha to‘langan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pensioner yoki nafaqa oluvchi Pensiya jamg‘armasi bo‘limining ortiqcha to‘langan pensiya yoki nafaqa summasini ushlab qolish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda sudga da'vo ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Sudga da'vo ariza kiritilganda chegirma qilish to‘g‘risidagi komissiya qarori to‘xtatib turiladi.
Pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyi O‘zbekiston hududi doirasida o‘zgarganligi to‘g‘risida ma'lumot olinganda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu'basi pensiya yig‘majildini unda ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalarning qoldiq summasini ko‘rsatgan holda pensionerning yoki nafaqa oluvchining yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi.
Ijro hujjati bo‘yicha undirilish tamomlanishi (ko‘rsatilgan summaning to‘liq undirilishi, ijro hujjatini yuborgan organ tomonidan qaytarib olinishi yoki sud tomonidan belgilangan muddat bo‘yicha alimentlarning undirilishi) yuzasidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu'basi mas'ul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining axborot tizimi orqali amalga oshirilgan chegirmalarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu'basi mas'ul xodimi pensionerning yoki nafaqa oluvchining axborot tizimi orqali ijro hujjatida chegirma qilingan summa yoki chegirma amalga oshirilgan sanani ko‘rsatgan holda amalga oshirilgan undirishlar to‘g‘risida belgi qo‘yadi, uni imzo bilan tasdiqlaydi, ijro hujjatini yuborgan sud yoki boshqa organga ilova xatini rasmiylashtiradi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu'ba mudiriga tekshirish uchun taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shu'ba mudiri chegirmalar yopilishining asosliligini va hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Ijro hujjati Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i imzosi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi hamda mas'ul xodimga qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

11:00 / 04.06.2025
Qurbon hayiti munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

23:31 / 28.01.2025
“O‘zbekiston havo yo‘llari” xalqni aldadimi?

20:19 / 10.12.2024