Yevropa sudi Moskvada qullikka tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining shikoyatini ko‘rib chiqadi
Strasburgdagi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHeS) Moskvaning Golyanovo tumanidagi oziq-ovqat do‘koni egalariga qullikka tushib qolgan O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarining shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Bu haqda IHeS saytida aytilgan.

Foto: Maksim Muratov / Interpress / TASS
IHeS besh jabrlanuvchining ikkita shikoyatini birlashtirdi. Birinchisi 2016 yilda O‘zbekiston fuqarolari G.N. va B.Q., qozog‘istonlik F.M. va A.M. nomidan, ikkinchi ariza 2018 yilda shu davlat fuqarosi N.I. tomonidan yuborilgan.
Sudda ayollar manfaatlarini «Memorial» inson huquqlari markazi advokatlari himoya qiladi, ular «Fuqarolik yordami» qo‘mitasi bilan hamkorlikda ekani aytilgan. Sud Rossiyaga ish bo‘yicha savollar yuboradi, deya ma'lum qildi qo‘mita.
«IHeS javobgarga - bu yerda javobgar Rossiya - inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining ehtimoliy buzilishlari haqida savollar yuboradi. Javobgar sud majlisiga yo‘l qo‘ymaslik uchun arizachilar bilan kelishuv bitimi tuzishi mumkin. Qanday holat bo‘lmasin, ishni ko‘rib chiqishning faol bosqichi boshlanmoqda», deya tushuntirdi huquqshunos Ivan Novikov.
Muhojirlar qullikda saqlangan oziq-ovqat do‘konlari Golyanovodagi Uralskaya, Parkovaya va Novosibirskaya ko‘chalarida joylashgan. Do‘kon egalari - er-xotin va ularning qarindoshlari.
«Fuqarolik yordami» qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tadbirkorlar ayollardan hujjatlarni olib qo‘ygan va Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortgan. Shu bilan birga, jabrlanganlar hech qachon mehnati uchun haq olmagan, ularga do‘konlardan chiqib ketish taqiqlangan, shuningdek, yerto‘lada uxlashga majbur qilingan.
«Yillar davomida do‘kon egalari va xodimlari O‘zbekiston hamda Qozog‘iston fuqarolarini haq to‘lanmaydigan mehnatga majburlagan, zo‘rlagan, kaltaklagan va xo‘rlagan. Agar ular ishlashdan bosh torsa, huquq-tartibot idoralari tomonidan ta'qib qilinishi bilan tahdid qilingan», deb yozadi «Fuqarolik yordami».
Qo‘mita politsiyachilar va tergovchilar jabrlanuvchilarning jinoiy ish qo‘zg‘atish haqidagi murojaatlarini e'tiborsiz qoldirganini qayd etdi.
Mavzuga oid

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi

14:35 / 08.05.2025
Moskvada yashovchilar banklar, do‘konlar va taksilar ishida uzilishlarga duch kelmoqda

12:41 / 08.05.2025