Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Ekologiya partiyasiga berilgan binoni ta'mirlash uchun budjetdan 360 million so‘m ajratiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda Ekologiya partiyasiga berilgan binoni budjet mablag‘lari hisobidan ta'mirlash uchun 360 million so‘m ajratilgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz xabar yuzasidan viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovdan izoh oldi.
Ahror Sodiqovning ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar to‘g‘ri. Haqiqatan ham Xalq deputatlari viloyat Kengashining joriy yil 2 noyabr kuni o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida bir qator qaror loyihalari tasdiqlangan.
Ular orasida Qarshi shahar hokimligi balansidagi sobiq harbiy gospital binosini O‘zbekiston ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashiga moslab va viloyat hokimligi ma'muriy binosining tashqi fasadini kapital ta'mirlashni nazarda tutuvchi qaror loyihalari ham bo‘lgan.
Joriy yil 8 noyabr kuni viloyat hokimi «O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat kengashi binosini kapital ta'mirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi va «Viloyat hokimligi ikkinchi ma'muriy binosi fasadini kapital tamirlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi qarorlarni imzolagan.
Yuqoridagi qarorlar bo‘yicha viloyat «Yagona buyurtmachi xizmati injiniring» kompaniyasiga viloyat mahalliy budjetining 2021 yil III chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan sobiq harbiy gospital binosini ta'mirlash uchun 360 million so‘m, viloyat hokimligi ikkinchi ma'muriy binosi fasadini kapital ta'mirlash uchun 215 million so‘m ajratish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025