Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekoturizm rivojlantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash va ekoturizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
"Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Jizzax viloyatlarida bo‘lgan saylovoldi uchrashuvlarida aytgan edi. Yig‘ilishda shu boradagi aniq rejalar va erishiladigan natijalar ko‘rib chiqildi.
Hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun, avvalo, suv hajmi barqarorligini ta'minlash, bioxilma-xillikni asrash kerakligi ta'kidlandi. Ko‘llar atrofida qo‘shimcha sayyohlik zonalari va dam olish maskanlari barpo etish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan birga, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining mavjud imkoniyatlaridan keng foydalangan holda bu yerda baliqchilikni yanada rivojlantirish kerakligiga urg‘u berildi.
Bugungi kunda ushbu hududdan yiliga bor-yo‘g‘i 4 ming tonna baliq ovlanmoqda. Sharoit yaratish va ishlarni tizimli tashkil qilish hisobiga, bu hajmni 20 ming tonnaga yetkazish va bu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin. Shu bois, tadbirkorlarni jalb qilib, ko‘llarni ijaraga bergan holda, klaster usulida baliq yetishtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shunday loyihalarni ko‘paytirish, kreditlar ajratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mutasaddilarga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yilgan. Uning doirasida ko‘llar tizimida suv sathini barqaror saqlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish choralari ko‘riladi. Qirg‘oqlar bo‘yidagi 800 gektar yerda daraxt va butalar ekiladi.
Hududda ekologik xavfsizlikni kuchaytirish, brokonerlik va boshqa huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

15:50 / 06.05.2025
Pokiston Zomin tog‘ hududida ekoturizm obektlarini tashkil etadi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024