Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdumalik Halokov JCh finaliga chiqdi
O‘zbekistonlik bokschilardan biri jahon chempionatida kamida kumush medalni naqd qildi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hal qiluvchi uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 4 noyabr kunidan bokschilar final yo‘llanmasi uchun janglarni boshlagan.
Yarimfinalga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik ikki nafar bokschidan biri Abdumalik Halokov (-60 kg) final yo‘llanmasi uchun eronlik Daniyal Shohbaxshga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo o‘zbekistonlik bokschi jang qilmasdan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sababi eronlik charmqo‘lqop ustasi jarohati tufayli ushbu jangda ishtirok eta olmagan.
Shu tariqa, Abdumalik Halokov 6 noyabr kuni oltin medal uchun finalda Fransiya va Dominikan Respublikasi vakillari o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Abdumalik Halokov avvalgi bosqichlarda makedoniyalik Jasin Lyama, sloveniyalik Tadey Chernoga va rossiyalik Vsevolod Shumkov ustidan g‘alaba qozongandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston boks jamoasi Serbiyaga 13 bokschi bilan borgandi. Lekin Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov ilk bosqichdayoq turnirni tark etdi. Odiljon Aslonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Shahobiddin Zoirov 1/8 finalda yurishini to‘xtatdi, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov chorak finaldan o‘ta olmadi.
O‘zbekistonning yarimfinalga chiqqan yana bir vakili Madiyar Saidrahimov (-92 kg) bugun to‘rt karra jahon chempioni va ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan kubalik Xulio La Kruzga qarshi final uchun jang qiladi. Ushbu bahs 5 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:30dan so‘ng boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

10:48 / 14.05.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati. Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik finalda jang qiladi

22:54 / 05.11.2021
Boks. Abdumalik Halokov finalda jahon chempioniga yutqazib, kumush medalga sazovor bo‘ldi

10:14 / 03.11.2021
Boks bo‘yicha JCh. O‘zbekistonliklardan faqat ikki kishi yarimfinalga yetib keldi

18:52 / 02.11.2021