Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha JCh. O‘zbekistonliklardan faqat ikki kishi yarimfinalga yetib keldi
2 noyabr kuni Serbiyada boks bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston boks jamoasining 6 nafari yarimfinal yo‘llanmasi uchun jang qildi.
Belgradda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida chorakfinal bahslari yakunlandi. O‘zbekiston boks jamoasining chorakfinalga yetib kelgan 6 nafar vakilidan to‘rt nafari mag‘lubiyatga uchradi va turnirni medalsiz yakunladi. Ikki nafar bokschi kamida bronza medalni kafolatladi.
Dastlab eng yengil vazn toifasi (-48 kg) vakili Nodirjon Mirzahmedov chorakfinalda qozog‘istonlik Temirtas Jussupovga qarshi jang o‘tkazdi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:5).

Nodirjon Mirzahmedov avvalgi bosqichda irlandiyalik Rikki Nesbitt ustidan g‘alaba qozongan edi.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Halokov rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchala raundda ham Abdumalik ustunlik qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘zi uchun medalni naqd qildi (yarimfinalda yutqazgan bokschilar ham avtomatik ravishda bronza medallar bilan taqdirlanadi).



Abdumalik Halokov avvalgi bosqichlarda makedoniyalik Jasin Lyama, sloveniyalik Tadey Chernoga ustidan g‘alaba qozongandi.
Uning yarimfinaldagi raqibi eronlik Daniyal Shohbaxsh bo‘ladi.
Chorakfinalga yetib kelgan o‘zbekistonliklar orasida medal uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida qaralgan Saidjamshid Ja'farov kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi. -75 kg vazn toifasi vakili bo‘lgan Ja'farov 1/4 finalda tailandlik Viparon Jongjoxoga qarshi ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonlik sportchi jang davomida ustunlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, hakamlar tailandlik bokschiga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.



Saidjamshid Ja'farov avvalgi bosqichlarda slovakiyalik Lukas Fernetsa, yaponiyalik Yuito Marivaki va ozarboyjonlik Mirsharif Kazimzade kabi raqiblarni mag‘lub etgandi.
Kunning o‘zbekistonliklar ishtirokidagi to‘rtinchi jangida eng og‘ir vazn toifasi vakili (+92 kg) Lazizbek Mullajonov armanistonlik David Chaloyanga qarshi ringga ko‘tarildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahs Chaloyanning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Mullajonov avvalgi bosqichlarda eronlik Amiri Puria va angliyalik Delisius Ore to‘sig‘idan o‘tgandi.
Turnir kashfiyotlaridan biri bo‘lgan Mujibillo Tursunov ham amaldagi jahon chempioniga yengilib, yurishini chorak finalda to‘xtatdi. -63,5 vazn toifasi vakili bo‘lgan ushbu yosh bokschi amaldagi jahon va Olimpiada chempioni hisoblangan kubalik Endi Kruzga qarshi tengma-teng kurash olib bordi. Ammo uch raund yakunlariga ko‘ra kubalik bokschiga 3:2 hisobidagi g‘alaba berildi.



Tursunov avvalgi bosqichlarda yaponiyalik Tayga Imanaga va Xitoy Taypeyi vakili Chu Yen Lai ustidan g‘alaba qozongandi.
Kunning so‘nggi jangida o‘zbekistonliklardan yana bir kishi yarimfinalga chiqdi. -92 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Madiyor Saidrahimov angliyalik Lyuis Uilyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlar uning 5:0 hisobidagi g‘alabasini tan olishdi.



Saidrahimov bundan avvalgi bosqichlarda belaruslik Vladislav Smyaglikov va qozog‘istonlik Aybek Oralbay ustidan g‘alaba qozongandi.
Uning final yo‘lidagi navbatdagi raqibi - kubalik Xulio La Kruz bo‘ladi.
Yarimfinal bahslari 4 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasining turnirga olib borilgan 13 nafar vakilidan faqat 2 nafari final ostonasiga yetib keldi - bungacha Odiljon Aslonov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Shahobiddin Zoirov 1/8 finalda yurishini to‘xtatgandi, Hasanboy Do‘smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov ilk bosqichdayoq turnirni tark etgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
Mavzuga oid

19:20 / 14.05.2023
O‘zbekistonlik bokschilar Toshkentdagi JChni birinchi o‘rinda yakunladi

10:48 / 14.05.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati. Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik finalda jang qiladi

22:54 / 05.11.2021
Boks. Abdumalik Halokov finalda jahon chempioniga yutqazib, kumush medalga sazovor bo‘ldi

01:33 / 05.11.2021