Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilish davomiyligi 4 soatdan oshmasligi belgilanadi
Qonunchilik palatasi majlisida “Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Qonun loyihasi bilan Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilyapti. Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan insonparvarlikni kuchaytirish maqsadida ularni jinoiy javobgarlikka tortish yoshini o‘n uch yoshdan o‘n to‘rt yoshga ko‘tarish, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar, xususan, Jinoyat kodeksining 128- va 129-moddasi sanksiyalarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Loyihaga voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni so‘roq qilishning umumiy davomiyligi kun davomida to‘rt soatdan oshmasligini belgilash, voyaga yetmagan jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda voyaga yetmagan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining iltimosiga ko‘ra psixolog ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan normalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

14:50 / 27.02.2025
IIBdan yana o‘lik chiqdi: Uzundagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan fermer vafot etdi

18:00 / 02.09.2024
Xorijda uylanib olgan er, tanglikda qoldirilgan ona va kaltaklanayotgan bola – asl aybdor kim?

08:54 / 09.02.2022
JPKga so‘roq jarayoni va natijasini soddalashtirilgan tartibda qayd etish normasi kiritiladi

07:38 / 13.12.2021