Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Olovni mustaqil o‘chirishga harakat qilishgani uning kattalashib ketishiga sabab bo‘lgan” - FVB
28 oktabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti o‘quv binosi yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, FVB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, 28 oktabr kuni soat 13:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani Universitet ko‘chasida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
“Holat yuzasidan 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:50 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:03 da qurshab olingan va soat 14:09 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida oshxona binosining 120 m.kv maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, – dedi u.
Voqea joyida bo‘lib turgan Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Anvar Rustamovga ko‘ra, universitet xodimlarining yong‘inni mustaqil o‘chirishga bo‘lgan harakatlari ham uning kengayib ketishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Yong‘in bo‘lgan joyda yigirmadan ortiq birlamchi yong‘in o‘chirish moslamalarining turgani bizga qo‘ng‘iroq bo‘lguncha shu yerdagi xodimlarning o‘zi 15–20 daqiqa davomida yong‘inni o‘chirishga harakat qilganini bildiradi”, – dedi Rustamov.
Xodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

09:26 / 21.07.2025
Chilonzorda avtomobil yonib ketishi oqibatida 4 kishi kuyish jarohati oldi

19:57 / 20.07.2025
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)

15:32 / 20.07.2025
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi

11:02 / 19.07.2025