AQSh 5-11 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat berdi
Qo‘shma Shtatlarning FDA maslahat qo‘mitasi (Food and drug administration – Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi) Pfizer farmatsevtika kompaniyasining COVID-19 vaksinasini 5-11 yoshdagi bolalarga ham qo‘llashga ruxsat berdi.

Foto: Getty Images
Qo‘mita ekspertlari past dozali vaksina xatarlardan ko‘ra foydaliroq ekanini aniqlagach, masala ovoz berishga qo‘yilgan.
Ma'lum qilinishicha, kelasi hafta oxirlaridan ushbu yoshdagi bolalarni ham emlash boshlanishi mumkin.
AQShda, bugungi kunda 5-11 yoshdagi bolalar soni 28 mln bo‘lib, 8 ming bola COVID tufayli shifoxonalarda hayot bilan vidolashgan. Shifoxonalarga olib borilgan bolalarning 1/3 qismi esa, jonlantirish bo‘limlarida vafot etgan.
Mavzuga oid

12:30
G7 AQSh biznesini global soliqdan ozod qilishga rozi bo‘ldi

07:40
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi

07:32
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi

14:40 / 29.06.2025