Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh afg‘on qochqinlariga yordam berish uchun qariyb 1 mlrd dollar ajratadi
AQSh Afg‘onistondan kelgan qochqinlar va muhojirlarning kutilmagan shoshilinch ehtiyojlarini qondirish va qo‘shimcha ravishda boshqa joyga ko‘chirishga 976,1 million dollargacha mablag‘ sarflaydi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden afg‘on fuqarolariga yordam ko‘rsatish uchun Qochqinlar va muhojirlarga favqulodda yordam jamg‘armasidan 976,1 million dollargacha mablag‘ sarflashga ruxsat berdi. Bu haqda AQSh prezidentining Davlat kotibi Entoni Blinken nomiga yo‘llangan memorandumida ma'lum qilingan.
Ushbu mablag‘lar Afg‘onistondan kelgan qochqinlar va muhojirlarning kutilmagan shoshilinch ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, Afg‘onistonda xavf ostida bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha ravishda boshqa joyga ko‘chirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.
Bayden shunga o‘xshash memorandumlarni iyul (100 million dollar) va avgust oylari oxirida (500 million dollar) ham imzolagan edi.
The Washington Post gazetasining yozishicha, 17 avgustdan buyon Amerika qo‘shinlariga turli yordam bergan 60 mingdan ortiq afg‘onistonlik evakuatsiya qilingan. Keyinchalik bu jarayon to‘xtatilgandi, ammo 7 oktabr kuni AQSh hukumati Afg‘oniston fuqarolarini AQShga evakuatsiya qilish qayta tiklanganini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025